My Uztelecom – bu “Oʻzbektelekom” AK Uzmobile va Uzonline abonentlari uchun Kompaniyaning zarur xizmatlarini boshqarish oson va qulay boʻlgan rasmiy mobil ilovadir.
Ilovani oʻz smartfoningizga oʻrnatib, uy interneti va mobil aloqa xizmatlarini hisob-qaydnomalar yordamida oson, tezkor va qulay boshqara olasiz.
My Uztelecom sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: • Uzonline shaxsiy kabinetiga ulanish - Trafik qoldiqlarini tekshirish - Kompaniya tarif rejalari va yangiliklari bilan tanishish hamda koʻrib chiqish • Uzmobile mobil aloqa xizmatlarini boshqarish - Yangi xizmatlarni ulash yoki mavjudlarini uzish - Tarif rejalarini almashtirish va joriy tarif rejalari haqida axborot olish - SMS, Internet va ovozli trafik paketlarini sotib olish.
Savollar yuzasidan telegram botimizga yozishingiz mumkin: https://t.me/MyUztelecom_bot